Rossellini Roberto

Rossellini Roberto (1906.8.5 Rim — 1977.3.4) — Italiya kinorejissyori. Italiya kinosida neorealizm asoschilaridan. “Rimochiqshahar” filmi shu yo’nalish manifesti bo’ldi. “Payza”, “Muhabbat”, “Frantsisk — ilohiy san’atkor”, “Yevropa, 51”, “Hindiston, 1958”, “General Della Rovere”, “Rimda tun edi”, “Messiya”, “Jorj Pompidu nomidagi markaz” (hujjatli film) va boshqa filmlari jahonga keng tarqaldi. 60-yillarda televideniye uchun mashhur tarixiy shaxslar haqida bir qancha filmlarni suratga olgan.