Rosti Panjgoh

Rosti Panjgoh — 1) o’n ikki maqomdagi Panjgoh sho’basining Poem maqomiga tushirib aytilgan ashula yo’li. Darvishali Changiyning ko’rsatishicha, Bobur ham Rosti Panjgoh nomli ashula yo’lini bastalagan va unga saj shaklida she’r bog’lagan. Rosti Panjgohning bizgacha yetib kelgan shakli “Qashqarchai Rosti Panjgoh” deb ataladigan cholg’u kuyi sifatida mashhur; 2) Eron dastgohlaridan birining nomi.