Rotaprint

Rotaprint (lotincha roto — aylantiraman va inglizcha print — bosmoq) — ofset bosma usulida ishlaydigan ixcham bosma mashina. Xizmatga doir va axborot hujjatlarini, referatlar, byulletenlar va boshqa nashrlarni kichik tirajda ko’paytirishda ishlatiladi. Rotaprintda matn va rasmlar tushirilgan yupqa metall zarqog’oz (alyuminiy, ruxdan tayyorlangan) bosma qolip vazifasini o’taydi. Plastik materiallarga elektron yo’l bilan ko’chirib ham qolip tayyorlanadi. Qolipga kimyoviy ishlov berilgach, u Rotaprint tsilindriga mahkamlanadi. Undan qog’ozga nusxa ko’chiriladi.