Rochester

Rochester — AQShning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar, Nyu-York shtatida. Aholisi 219,7 ming kishi (2000). Ontario ko’li va yeri kanali bo’yidagi port. Rochester — AQShda optika-mexanika, foto va kinematika (foto va kinokameralar, proektsiya apparaturalari, fotografiya jihozlari, fotoreaktivlar) sanoatining eng yirik markazi. Radioelektronika, priborsozlik, jumladan, nusxa ko’chiruvchi va poligrafiya jihozlari, tibbiyot asbobuskunalari, EHM, elektronoptika priborlari, ko’zoynaklar, nazorato’lchov apparaturalari ishlab chiqarish ham rivojlangan. Stanoksozlik, poligrafiya, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari, universitet, texnologiya instituti, muzeylar bor.