Ruberoid

Ruberoid (lotincha rubes — qizil va Yunoncha eidos — o’xshash) — o’rama (rulonli) karton qog’ozga neft mahsulotlari (bitum)ni shimdirib tayyorlanadigan qurilish materiali. Chidamliligini oshirish maqsadida bitum qoplamaga mayda to’ldirgichlar qo’shiladi, sirtiga esa talk, maydalangan slyuda yoki yirik donali mineral kukunlar sepiladi. Binokorlikda qo’llaniladigan Ruberoidning standart kengligi — 750, 1000 va 1025 millimetr, bir ruloni 10 yoki 20 m2 bo’ladi. Ruberoid tomga yopishdan tashqari, binolarning yer osti qismlarini namdan muhofaza qilish maqsadlarida (gidroizolyasiya materiali sifatida) ham qo’llaniladi.