Rubruk, Rubrukvis Billem
Rubruk, Rubrukvis Billem (1215 va 1220 yillar orasi — 1293) — flamand sayyohi, rohib. 1253-55 yillarda frantsuz qiroli Lyudovik IX tomonidan Mo’g’ulistonga yuborilgan elchilarga rahbarlik qilgan. Rubruk Frantsiyadan Falastinga yo’l olgan, so’ngra Konstantinopol, Krim, don dashtlari, O’rta Osiyo, Markaziy Mo’g’ulistondan o’tib 1254 yil Qoraqurum shahriga yetib borgan; qaytishda Kavkaz va kichik Osiyoda bo’lgan. Rubrukning o’z sayohati haqidagi hisobotida u bosib o’tgan mamlakatlar tarixi, etnografiya va geografiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar bor. As: Puteshestvie v Vostochnie strani, M., 1957.