Rudali tog’lar, Krushne-Gori
Rudali tog’lar, Krushne-Gori — Yevropadagi tog’lar, Chexiya tog’ massivining shimoliy g’arbiy chekkasi. Uzunligi 150 kilometr. Eng baland joyi 1244 metr. Gneys, granit, fillit, slyudali slanes jinslaridan tuzilgan. 800-900 metrgacha balandlikdagi yon bag’irlari aralash o’rmonlar, qiya, to’lqinsimon tog’ tepalari o’tloqlar bilan qoplangan. Volfram, vismut, rux va boshqa metall rudalari topilgan (nomi ham shundan). Issiq buloqlar bor. Qishki sport musobaqalari o’tkaziladi. Iqlimiy va balneologik kurortlar ko’p.