Rubidiy
Rubidiy [lotincha rubidus — qizil, to’q qizil (spektrning qizil qismi chiziqlari bo’yicha kashf etilgan), lotincha Rubidium], Rb — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 37, atom molekulasi 85,4678. Tabiiy izotoplarining massa sonlari 85 (72, 15%) va 87 (27,85%). 10 dan ortiq sun’iy radioaktiv izotoplari olingan. R. Bunzen va G. Kirxgof 1861 yilda Germaniyadagi Dyurkgeym mineral suvini spektral analiz qilib, Rubidiyni kashf etganlar. Bunzen 1863 yilda metall Rubidiyni olishga muvaffaq bo’lgan. Rubidiy birikmalari tabiatda kaliy birikmalari bilan birga uchraydi, u yer po’stining massa jihatidan 3,110~2%ini tashkil qiladi. Rubidiyning ion radiusi kaliy va tseziyning ion radiuslariga yaqin bo’lganligi uchun bu element birikmalari o’zaro izomorfdir. Rubidiy suyultirilgan rubidiy xloridni elektroliz qilib olinadi. Rubidiy ishqoriy metallar jumlasiga kiradi. Rubidiy juda yumshoq, kumush rang — oq metall. Suyu-qlanish temperaturasi 39,5°, qaynash temperaturasi 685°, zichligi 1,248 g/sm3. Rubidiy sanoatda karnallit va lepidolitdan ajratib olinadi. Kimyoviy jihatdan juda faol; suv va kislotalar bilan reaktsiyaga kirishganida portlash yuz beradi. Birikmalarida +1 valentli. Kislorod bilan rubidiy peroksid Rb2O2 va rubidiy giperoksid RbO2 hosil qiladi. Rubidiyning gidroksidi RbOH kuchli ishkorlar jumlasiga kiradi. Rubidiy juda ko’p elementlar bilan bevosita birikadi. Rubidiy gidrid RbH beqaror birikma. Uning nitridi Rb3N bilvosita yo’l bilan hosil qilinadi. Rubidiyning Rb2C2 tarkibli karbidi, Rb2S tarkibli sulfidi bor. Rubidiy ba’zi metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Qizdirilsa yoki yoritilsa, o’zidan elektronlar chiqaradi. Metall holatdagi Rubidiy havosiz muhitda berk idishlarda saqlanadi. Qattiq holatdagi Rubidiy gidroksidga ozon ta’sir ettirilsa, juda kuchli oksidlovchi Rubidiy ozonid RbO3 hosil bo’ladi. Rubidiy 300°da grafit bilan qizdirilganida RbCg va RbC]6 tarkibli Rubidiy grafitidlar kelib chiqadi. Rubidiy, asosan, kunduzgi lampalar ishlab chiqarishda, vakuum texnikasida (gazyutgich) va boshqa sohalarda ishlatiladi, ionli raketalar uchun tseziy kabi kelajagi porloq “yonilg’i” hisoblanadi.