Ritmik gimnastika, aerobika
Ritmik gimnastika, aerobika — musiqa sadolari ostida ijro etiladigan bir qancha jismoniy mashqlar (yurish, yugurish, sakrash va boshqalar). Sog’lomlashtirish maqsadida qo’llaniladi. Barcha yoshdagi kishilar (erkaklar, ayollar, bolalar) shug’ullanishi mumkin. Ritmik gimnastika 1960-yillarda AQShda vujudga keldi. O’tgan asrning 70-yillari o’rtalaridan O’zbekistonda ham ommalasha boshladi.