Robinson (Robinson) Robert
Robinson (Robinson) Robert (1886.13.9 — Bafford — 1975.24.2) ingliz organik kimyogari. London Qirollik jamiyati a’zosi (1920) va Prezidenti (194550). Sidney (191215), Liverpul (1915-21), Manchestr (192228), London (192830) va Oksford (1930-55) universitetlari professor. Asosiy ilmiy ishlari fizik, organik kimyo va tabiiy birikmalar kimyosiga oid. Robinson ilk bor orbital bog’lanishli organik molekulalar strukturasidagi elektronlarning “elektrqutbiy” va “mezomer” ko’chishi mexanizmi to’g’risida tasavvurlarni olg’a surgan (1922). Berberin (1925) va bibikulin (1935) alkaloidlarini xamda androsteronni sintez qilgan (1951). Nobel mukofoti laureati (1947).