Rom

Rom (inglizcha rum) — kuchli spirtli ichimlik, shakarqamish sharbatini yoki shakarkamishdan shakar ishlab chiqarish chiqindilarini bijg’itib va uni haydash yo’li bilan olinadigan spirtdan tayyorlanadi. Spirtga distillangan suv (quvvati 40— 45° va undan ortiq bo’lishi mumkin), 1 % qand qo’shiladi va aralashmaga kuydirilgan qand qo’shib, rang beriladi. Eman bochkalarda havo namligi 70-80% va harorati 18-23° bo’lgan joyda kamida 4 yil saqlanadi. Rom barcha shakarqamish etishtiriladigan mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Dastlab 17-asrda Vest-indiyada tayyorlangan. Jahonda Yamayka, Kuba, Gvadulepa, Martinika Romlari mashhur. O’zbekistonda 20-asrning 70-yillarida Surxondaryo viloyatining Denov shaharda joylashgan Denov rom (hozirgi vinoaraq) zdida “Surxon” Rom ichimligi, Samarqand vino kombinatida “sovet romi” ishlab chiqarilgan. Olimjon Alimov.