Rublyov Andrey
Rublyov Andrey (taxminan 1360-1370-1427, ba’zi manbalarga ko’ra, taxm. 1430, Moskva; Andronikov monastiriga dafn etilgan) — rus rassomi; Moskva rangtasvir maktabining asoschisi. Kiborlar muhitida tarbiyalangan. Rublyov ijodi Moskva Rusi badiiy an’analari zaminida shakllangan, shuningdek, u Vizantiya va Janubiy slavyanlar badiiy amaliyotlarini ham yaxshi bilgan. Rublyov asarlari falsafiy teranligi hamda badiiy shaklining mukammalligi bilan ajralib turadi; rassom ularda insonning ma’naviy go’zalligi va axloqiy kuch-qudratini yangicha talqin etadi (Zvenigraddagi soborlar uchun “Spas”, “Havoriy Pavel”, “Arxangel Mixail” va boshqa ikonalari, 14— 15-asrlar chegarasida). Rublyov ijodining cho’qqisi “troitsa” sanami (14-asr oxiri — 15-asr boshi)da an’anaviy Bibliya syujeti ko’tarinkilik va falsafiy mazmun bilan boyitilgan. Moskva, Vladimir va boshqa shaharlar soborlaridagi ikonostaslar uchun ikonalar yaratgan (“Qiyomat kuni” va boshqalar).