Rudalarni boyitish
Rudalarni boyitish — foydali minerallarni keraksiz tog’ jinslari (qum, ohaktosh va boshqalar)dan tozalash. Maxsus tsexlar va boyitish fabrikalarida bajariladi. Tabiiy rudalardan bevosita foydali komponentlarni ajratib olish ko’pincha iqtisodiy samara bermaydi va aksari hollarda texnik jixatdan mumkin emas. Shuning uchun metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat jarayonlari foydali komponentlar bilan boyitilgan maxsus mahsulotlar — kontsentratlar ni qayta ishlashga asoslangan. Masalan, qo’rg’oshin rudasidagi qo’rg’oshin 1,5% ni tashkil etishi mumkin, metallurgiya sharoitida eritish uchun esa rudadagi qo’rg’oshin miqdori 3070% bo’lishi zarur va hokazolar. Rudalarni boyitish natijasida ruda kontsentrat va deyarli keraksiz tog’jinslaridan iborat chiqindiga ajraladi. Rudalarni boyitish foydali komponentlar miqdori (kontsentrasiyasi) undan bir necha yuz barobargacha ortadi. Masalan, tarkibida 0,1% molibden bo’lgan ruda boyitilib, 50 foizli kontsentrat olinadi. Rudalarni boyitishda avval ruda ma’lum darajada maydalanadi, saralanadi, fizik-kimyoviy jihatdan boyitiladi. Fizik-kimyoviy boyitishning gravitasion, magnit, elektrostatik, qizdirish, flotasion hamda maydayirikligi, shakli bo’yicha saralash va boshqa usullari bor.