Rishe (Richet) Sharl
Rishe (Richet) Sharl (1850.26.8 Parij — 1935.4.12) — frantsuz immunologi va fiziologi. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1914) va prezidenti (1933 yildan), 1887 yildan Parij universiteti fiziologiya professor. Ilmiy faoliyati ovqat hazm qilish fiziologiyasiga oid. 1888 yil fanga “passiv immunitet” tushunchasini kiritgan. 1902 yil organizmning yot oqsillarga bo’lgan allergik reaktsiyasini o’rganib, uni anafilaksiya deb ifodalagan. Rishe immunitet va seroterapiya, shuningdek, epilepsiya va o’pka silini davolash muammolarini o’rgangan. Nobel mukofoti laureati (1913).