Risorjimento

Risorjimento (italyancha Risorgimento, aynan — uyg’onish) — italyan xalqining chet el hukmronligiga qarshi va parchalangan Italiyani birlashtirishga qaratilgan milliy ozodlik harakati. Shuningdek, ushbu harakat sodir bo’lgan davr: 18-asr oxiri — 1861 yil; Risorjimento 1870 yil Italiya qirolligiga Rimni qo’shib olinishi bilan yakunlangan. Risorjimentoning eng muhim voqealari — 1848-49, 1859-60 yillardagi inqilob; Risorjimentoga rahbarlik qilish uchun respublikachi demokratlar (yetakchilari J. Madzini, J.Garibaldi va boshqalar) va liberallar (yetakchilari K.Kavur va boshqalar) oqimlari o’zaro kurashganlar. Liberal oqim ustun kelib Italiya konstitusion monarxiya shaklida birlashtirilgan.