Riton
Riton (Yunoncha rhyton, rheo — oqamandan) — ichimlik ichiladigan shoxsimon qadimgi idish. Yunon va Rim tarixchilari Riton Hindistondan tarqalgan deb hisoblaydilar. Riton bir oz egilgan va ichi kovak bo’lib, hayvonlarning shoxlari, metall, sopol, yogoch va boshqalardan tayyorlangan. Ba’zi Ritonlarning pastki uchi hayvonlarning boshiga o’xshatib bezatilgan. Riton Qadimgi Eron, Baqtriya va Rimda ham mashhur bo’lgan. Qadimgi Niso shaharni qazish paytida fil tishidan yasalgan Ritonlar (2- asr) topilgan. Ularning pastki uchiga afsonaviy hayvonlar, avliyolar tasviri va og’iz tomoniga mifologik syujetlar bo’rttirib ishlangan. Niso Ritonlari Parfiyalik ustalarning yuksak san’at asarlaridan hisoblanadi. Kavkazda ichimlikni Ritonda ichish hozir ham mavjud.