Rio-Grande, Rio-Bravodel Norte
Rio-Grande, Rio-Bravodel Norte — AQSh va Meksikadagi daryo, 2000 kilometr masofada, ya’ni Elpaso shahridan quyilish joyigacha ular orasidagi chegara vazifasini o’taydi. Uzunligi 2870 kilometr, havzasining maydoni 570 ming km2. Qoyali tog’lardan boshlanib, qurg’oqchil platolardan, ba’zida tor daralardan oqadi va Meksika qo’ltig’iga quyiladi. O’rta oqimida o’rtacha suv sarfi 570 m3/sekund, quyilish yerida 15-20 m3/sekund. Suvining deyarli hammasi sug’orishga sarflanadi. Yirik suv omborlari qurilgan. Ayrim qismlarida kema qatnaydi.