Rododendron

Rododendron (Rhododendron) — erikadoshlar oilasiga mansub buta yoki kichikroq daraxtlar turkumi. Yer yuzida 600 turi ma’lum. Asosan, Sharqiy Osiyo va shimoliy Amerikaning tog’larida uchraydi. O’zbekistonda o’smaydi. Rododendron tilla rang va sariq bo’ladi. Bargi qalin, yaltiroq, teskari tuxumsimon, qisqa bandli, ketma-ket joylashgan. Guli sariq yoki binafsha rangpushti, to’pguli soyabonsimon. Mevasi 5 uyali ko’sak, bargi tarkibida arbutilla rang rodotin va qglikodendron zidlar, flavonoidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Bargining damlamasi xalq tabobatida bod, yurak kasalliklarida hamda siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Rododendronning manzarali turlari bog’ va xiyobonlarda o’stiriladi.