Rok

Rok — 1) Shashmaqom tarkibidagi Buzruk maqomi ashula bo’limining ikkinchi guruh sho”balaridan biri. Rokning 5 ta shoxobchasi bulib, ular “Rok”, “Mustahzodi Rok”, “Qashqarchai Rok”, “Soqiynomai Rok” va “Ufari Rok” deb ataladi. Bular o’z tuzilishi jihatidan boshqa 2-guruh sho’balaridan farq qiladi. Uning “Rok” qismi murakkab Chapandoz usulida, 2 qismi talqin doira usulida, 3 qismi Qashqarcha usulining o’zgargan shaklida, keyingi qismlari soqiynoma va Ufar doira usullarida ijro etiladi. Rokning 1 va 2 qismlarida Uzzol namudi avj sifatida qo’llanilgan. Rok yengil va sho’x yangraydi. Rok sho’basi surnayda ham chalinib, “Shodiyona” deb ataluvchi kuylar turkumining bir qismini tashkil etadi; 2) uyg’ur muqomlaridan biri. Uning ohanglari Shashmaqomdagi Rokdan butunlay farq qiladi.