Rostropovich Mstislav Leopoldovich
Rostropovich Mstislav Leopoldovich (1927.27.3, Boku) — violonchelchi, dirijyor, jamoat arbobi. Xalq artisti (1966). 20-asr musiqa san’ati atoqli namoyandasi. Dastlabki musiqa saboqlarini otasidan olgan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1946). Moskva filarmoniyasi yakka sozandasi (1948— 74), ayni paytda Moskva (194874) va Leningrad (1967-74) konservatoriyalarida o’qituvchi, professor. (1968), katta teatr dirijyori (1968-71); Vashingtondagi Milliy simfonik orkestri bosh dirijyori (1977-94). Ijro uslubiga ko’tarinki ruh, teran mazmun, mukammal kompozitsiya hissiyoti xos. Repertuaridan violonchel uchun deyarli barcha mumtoz va yirik zamonaviy asarlar o’rin olgan. 20-asrning eng mashhur kompozitorlari (jumladan, S. Prokofev, B. Briten, O. Messian, A. Shnitke, D. Shostakovich va boshqalar) unga bag’ishlab asarlar yozishgan. S. Rixter, E. Gilels, L. Kogan va D. Oystraxlar bilan turli ansambdda chalgan. “Rostropovich fondi”, “Vishnevskaya — Rostropovich” xayriya jamg’armalarining prezidenti. Musiqa ijodi hamda xayriya faoliyati uchun 30 ga yaqin Yevropa, Osiyo, Amerika davlatlarining oliy mukofot va ordenlari bilan mukofotlangan. Jahon bo’ylab (jumladan, O’zbekistonda ham) gastrolda bo’lgan.