Rtveladze Edvard Vasilevich
Rtveladze Edvard Vasilevich (1942.14.5, Borjomi shahri, Gruziya) — arxeolog-tarixchi olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), tarix fanlari Doktori (1989), professor (1992). ToshDUni tugatgan (1967). 1967 yildan O’zbekiston san’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim. Ilmiy faoliyati O’rta Osiyoning qadimgi va o’rta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, epigrafikasi, san’ati, madaniyati tarixini o’rganishga bag’ishlangan. O’rta Osiyo, Kavkaz, Kipr, Yaponiya va Frantsiyada olib borilgan 80 dan ortiq ilmiy arxeologik ekspeditsiyalar ishtirokchisi. Ko’pgina arxeologik yodgorliklarni ochgan va tekshirgan. Rtveladze rahbarligida Toxariston ekspeditsiyasi tomonidan kampirtepada olib borilgan qazishlar natijasida arxeologik amaliyotda 1-marta kushonlar davriga oid qadimgi shahar xarobasi to’liq ochilganligi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Rtveladze rahbarligi ostida shaharlar va taniqli davlat arboblari yubileylariga bag’ishlangan kollektiv monografiyalar, shu jumladan, “Amir Temur jahon tarixida”, “Xiva — ming gumbazli shahar”, “Shahrisabz”, “Termiz”, “Jaloliddin Manguberdi” va boshqalar tayyorlangan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). “Buyuk xizmatlari uchun” (2001), “mehnat shuhrati” (2003) ordenlari va Gruziyaning “Girsebis” (“Risarlik sharafi”) (2001) ordeni bilan mukofotlangan. As: Srednevekovie pamyatniki surxandari (v soavtorstve), T., 1983; V strane Zolotogo ognya (v soavtorstve), T., 1985; Pamyatniki minuvshix vekov (v soavtorstve), T., 1986; Drevnie moneti Sredney Azii, T., 1987; Severnaya Baktriya — Toxaristan. Ocherki istorii i kulturi (v soavtorstve), T., 1990; Velikiy shelkoviy put, T., 1999; Qadimgi O’zbekiston tsivilizasiyasi; davlatchilik va huquqtarixidan lavhalar (hamkorlikda), T., 2001; Drevnie i rannesrednevekovie moneti istoriko kulturnix oblastey Uzbekistana, T., 2003.