Rizoqulixon Hidoyat
Rizoqulixon Hidoyat (1800.8.6 1871.30.6) — tarixchi, diplomat, shoir. Erondagi dastlabki dunyoviy oliy maktab — dorilfunun direktori (1851 — 64). Xivaga yuborilgan elchilar rahbari (1851), elchixona haqida kitob yozgan. Uning eng yirik asari “Ravzat ussafoye Nosiriy” (“Nosirning poklik bog’i”) bo’lib, tarixchi Mirxond va Xondamir asarlarining davomi hisoblanadi. Asarda Eronning 16-asrdan 19-asrning 60-yillarigacha bo’lgan tarixi bayon etilgan.