Reproduktsiya
Reproduktsiya (re… va lotincha produco — yarataman) — 1) tasvirlar (tasviriy san’at asarlari, bosma matn, xarita, hujjatlar, fotosuratlar va boshqalar) ni fotografiya yoki poligrafiya usulida hosil qilish; 2) poligrafiya usulida hosil qilingan surat, rasm, fotosurat va boshqalar. Asl nusxaning barcha xususiyatlari aniq hosil qilinadigan Reproduktsiya faksimal Reproduktsiya deb ataladi; 3) psixologiyada — xotirada qolgan narsani aniq yaratish jarayoni; 4) biologiyada — organizmning o’ziga o’xshash organizmlarni yaratishi, ko’payishi.