Retsidivist
Retsidivist (lotincha recidivus — qaytalanuvchi, takrorlanadigan) — ilgari sudlanib, aynan shunday yoki o’xshash jinoyat sodir etgan shaxs Retsidivist. Jamiyat uchun xavfli bo’lganligi sababli birmuncha og’ir jinoiy javobgarlikka tortiladi. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqida alohida xavfli Retsidivistni javobgarlikka tortishning maxsus tartiblari nazarda tutilgan. Shaxsni o’ta xavfli Retsidivist deb topishga faqat sud haqlidir.