Resht
Resht — Erondagi shahar. Gilon ostonining ma’muriy markazi. Aholisi 418 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Avtomobil yo’llari orqali Tehron shahri va Kaspiy dengizi sohilidagi rayonlar bilan bog’langan. Ipakchilik markazi (14-asrdan). To’qimachilik, oziq-ovqat (jumladan, tamaki, choy), yog’ochsozlik, elektrotexnika, oynashisha sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik (metall, yog’och o’ymakorligi, badiiy kashtachilik) rivojlangan.