Ribo
Ribo (Arabcha — sudxo’rlik) — pulga fonda (foiz) olish; sudxo’rlik. Islomdan ilgari arablar orasida Ribo keng tarqalgan edi. Ilk Islomda savdo qilish va u orqali foyda ko’rish keng rag’batlantirilgani holda, pulga evazsiz foyda olish qat’iyan taqiqlangan va bu taqiq Qur’onda ham o’z ifodasini topgan (2:276). Hozir ham musulmon mamlakatlaridagi bank va moliya ishlarida unga amal qilinadi.