Rivera
Rivera — O’rta dengizning Kann shahridan (Frantsiya) Spesiya shahri (Italiya) gacha bo’lgan kambar soxili. Frantsiya Riverasi — moviy qirg’oq; va Italiya Riverasiga bo’linadi. Qishi yumshoq (o’rtacha temperatura 9-12°), yozi issiq (o’rtacha temperatura 24°). Yillik yog’in 500-700 mm. Doim yashil subtropik o’simliklar o’sadi. Tokchilik, gulchilik rivojlangan. Rivera — G’arbiy Yevropaning eng yirik kurort rayonlaridan. Mehmonxona, pansionat, kemping, “dam olish qishloqlari” ko’p. Yirik kurortlari: Kann, Antib, Nissa, Mentona, Monako, Montekarlo, Sanremo, Imperiya, Rapallo va boshqalar.