Ridberg doimiysi
Ridberg doimiysi (R) — siyraklashtirilgan gaz yoki metall bug’lari ko’rinishidagi izolyasiyalangan atomlarning nurlanish chastotalari va energiya satxlarini hisoblashda qo’llanadigan formulalar tarkibiga kiruvchi asosiy fizik kattalik. R bilan belgilanadi. Agar atom yadrosining massasi electron massasiga nisbatan cheksiz katta (yadro qo’zg’almas holatda) deb olinsa, u qolda R—2n2mei/chi =(1,097373143±1O)1O7 M1, bunda e va i — elektron zaryadi va massasi, s— yorug’likning vakuumdagi tezligi, h — Plank doimiysi. 1890 yilda shved fizigi I. Ridberg (1854— 1919) atom spektrlarini o’rganayotganda shu birlikni fanga kiritgan.