Rodonit
Rodonit (Yunoncha rhodon — atirgul) — silikatlar sinfining vollastonitrodonit guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi CaMns [Si5Ol5]. Tarkibi: 54,15% MPO va 45,85% SiO2. Tabiiy Rodonit tarkibida 14,5% gacha G’eO (ferrodonit), 2-9% gacha sa, Mg, A1 va Zn (foulerit) bo’lishi mumkin. Kristallari (tabletkasimon, prizmasimon) juda kam uchraydi; odatda, mayda donali yoki zich monolit massalar va agregatlar. Rangi qo’shimchalariga qarab pushti, qo’ng’irqizg’ish, sarg’ishdan to kulranggacha, nurash jarayonida qoragacha o’zgargan bo’lishi mumkin. Yaltiroqligi shishasimon. Qattiqligi 5,5—6,5. Zichligi 3,5—3,7 g/sm3. Oson nurab, kora yoki to’q qo’ng’ir marganes gidrooksili (Vernadit) va kremniy gidrooksilini hosil qiladi. Rodonit past trali regional va kontakt metamorfizm jarayonlari natijasida hosil bo’ladi, ba’zan pegmatitlar tarkibida uchraydi. Mineral yo’ldoshlari psilomelan, rodoxrozit, spessartin va kvars. Yirik Rodonit konlari: Shvesiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Hindiston, AQSh, Sultonuvays (O’zbekiston), Oltintopkan (Tojikiston)da. Rodonit qurilishda qoplamabezak tosh sifatida ishlatiladi.