Reimport

Reimport (re… inglizcha va import kiritmoq, olib kelmoq) — chet elga chiqariladigan, ammo u yerda qayta ishlov berilmagan va iste’mol qilinmagan tovarlarni qayta mamlakatning o’ziga qaytarib olib kelish. Chet el kimoshdi savdosida sotilmagan, konsignasiya omborlarida saqlangan, ko’rgazma va yarmarkalarda sotilmagan, nuqsoni topilgan yoki talab bo’lmagani uchun qaytarilgan tovarlar Reimportga kiradi.