Revers

Revers (lotincha revertor — orqaga aylantiraman, qaytaraman) — 1) mashina (dvigatel) yoki uning alohida qismlarini teskari aylantiradigan mexanizm; 2) medal yoki tanga pulning ters tomoni; 3) savdo huquqida qimmatbaho buyumlar, foizli qoyuz va boshqalarni garovga qo’yishda amal qilinadigan turli majburiyatlar; 4) tennis o’yinida — chap tomondan bosh ustidan keskin zarba berish.