Registr

Registr (lotincha registrum — ro’yxat) musiqada — 1) akkordeon, bayan, klavesin kabi musiqa cholg’ularida tovush kuchi va tembrini o’zgartirishga imkoniyat beruvchi moslama; 2) organda bir xil tuzilishga hamda tovush tusiga ega bo’lgan trubalar guruhi; 3) musiqa cholg’u asbobi yoki xonanda diapazonining bir xil tembrga ega tovushlar guruhi. Xonanda ovozining muayyan Registr tovushlari bir usulda (masalan, ko’krak. bosh yoki aralash rezonator yordamida) chiqariladi.