Reja
Reja — 1) biror ishni yoki muayyan dasturni tartibi bilan o’z vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy mo’ljal (masalan, ma’ruza Rejasi); 2) muayyan narsani ko’rib chiqish, yondashish usuli, nuqtai nazar, belgili tartib; 3) qilinayotgan ishning to’g’ri chiqishi uchun tortilgan ip, sim, chiziq va shu kabilar 4) iqtisodiyotda — xo’jalik sub’yekti, boshqaruv tizimining ayrim bo’g’inlari faoliyatining dasturi. Ichki ishlab chiqarish rejasi (masalan, firmaning ichki Rejasi), xalq xo’jaligi (umumdavlat) Rejasi, regional va tarmoq Rejalari, joriy (1 yilgacha bo’lgan) va istiqbol Rejalar farqlanadi.