Real gaz
Real gaz — xossalari molekula (atom) larining o’zaro ta’siriga bog’liq gaz. Oddiy sharoitda molekulalarning o’rtacha potentsial energiyasi kinetic energiyasidan ancha kichik bo’lganda Real gazni ideal gaz deb hisoblash mumkin. Bunda Real gaz ideal gaz qonunlariga bo’ysunadi. Yuqori bosim va past temperaturalarda Real gaz ideal gazdan keskin farq qiladi. Real gaz holatining yarim empirik va nazariy tenglamalari ham mavjud, masalan, Vandervaals tenglamasi.