Radiogeologiya, yadroviy geologiya

Radiogeologiya, yadroviy geologiya — geologiyaning yer modsasida tabiiy yadroviy o’zgarish qonuniyatlarini va ularning geologik jarayonlarda namoyon bo’lishini o’rganuvchi sohasi. “Radiogeologiya” terminini fanga 1937 yil V. I. Vernadskiy kiritgan. Radiogeologiya yadro fizikasi, geokimyo, radiokimyo va kosmokimyo, geofizika bilan uzviy bog’langan. Bu soha asl Radiogeologiya, izotop geologiya va mutlaq geoxronologiya (geoxronometriya) ga bo’linadi. Asl. Radiogeologiyaga radioaktiv yemirilish jarayonlari muhim bo’lgan barcha geologik jarayon va hodisalar kiradi. Radiogeologiya tabiiy elementlar izotop tarkibining evolyutsiyasini o’rganadi. Radioaktiv parchalanish tezligiga qarab minerallar va tok jinslarining mutlaq yoshi aniqlanadi; shunga asoslanib yerda uning geologik tarixi davomida sodir bo’lgan geologik jarayonlarning ketma-ketligi tiklanadi. Shuningdek, Radiogeologiya vazifasiga yer pustila aksariyat yer geotermikasi belgilovchi radioaktiv parchalanish jarayonining energetika balansini o’rganish; foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilishning radiometrik metodlari asoslarini yaratish; yer pusti va atmosferada kosmik nurlanish ta’sirida bo’ladigan yadro reaktsiyasini o’rganish kiradi. Radiogeologiyaning bu so’nggi yo’nalishi kosmogoniya — Koinot rivojlanishi jarayonida atom yadrosi evolyusiyasini aniqlash bilan umumiy vazifani hal etadi.