Rentgen (Rontgen) Vilgelm Konrad

Rentgen (Rontgen) Vilgelm Konrad (1845.27.3, Lennep, Dyussel- Dorf yaqinida — 1923.10.2, Myunxen) — nemis fizigi. Syurixdagi (Shveytsariya) Oliy texnika maktabida o’qigan (1865— 68). Vyursburg (1870 yildan) va Strasburg (1872 yildan) universitetida ishlagan. Xoenxeymdagi Oliy qishloq xo’jalik maktabi (1875 yildan), Strasburg universiteti (1876 yildan), Gisen universiteti (1879 yildan), Vyursburg universiteti (1888 yildan, 1894 yildan rektor). Myunxen universiteti (1900-20) professor. Rentgen yangi nurlanishni kashf qilib, ularni “Xnurlar” deb atadi (1895) (keyinchalik bu nurlar rentgen deb atala boshlandi). Rentgen nurlari tibbiyot, fan va texnikaning turli sohalarida keng qo’llanila boshlandi. Rentgen birinchi rentgen trubkasini yaratdi. 1897 yildan boshlab u kristall arnin g pezoelektr va piroelektr xususiyatlarini o’rgangan, kristallardagi elektr va optik hodisalarning o’zaro bog’liqligini aniqlagan, harakatdagi muqitlar elektrodinamikasi masalalari bilan shug’ullangan. Rentgenning magnetism bo’yicha tadqiqotlari X. A. Lorents elektron nazariyasining yaratilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Rentgen fiziklar ichida dunyoda birinchi bo’lib Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan (1901).