Rektifikatsiya

Rektifikatsiya (lotincha rectus — oddiy va … fikasiya) — suyuq aralashma komponentlarini rektifikatsion kolonnalarda haydash usulida ajratish. Rektifikasiya muvozanatda bo’lmagan (suyuq va bug’) fazalar orasida issiqlik va moddalarning diffuzion almashinishiga asoslangan. Rektifikasiya qaynash temperaturalari yaqin bo’lgan suyuqliklar aralashmalarini ajratish zaruriyati bo’lganda qo’llanadi. Rektifikatsion kolonnada ko’p to’sikdar bo’lib, unda suyuq aralashma bug’lari kondensatlanadi va pastdan chiqayotgan bug’ning yangi qismi ko’p marta uchrashadi. Kolonna qarshi oqim printsipida ishlaydi. Yuqoriga ko’tarilayotgan bug’uchuvchi komponent bilan uzluksiz boyib turadi. Bunda bug’ qaynash temperaturasi past bo’lgan komponent bilan boyib, uning qaynash temperaturasi pasayib boradi. Suyuqlik esa qaynash temperaturasi yuqori bo’lgan komponentlar bilan boyib, uning qaynash temperaturasi yuqorilashaveradi. Bu jarayon to muvozanat holat bunyod bo’lguncha davom etadi, lekin kolonnadan Sovitkichlar sistemasi orqali bug’fazasi kondensatlab ajratib olinishi bilan muvozanat yana buziladi va bu jarayon to toza komponentlar yoki kerakli komponentlar fraktsiyasi to’liq ajratib olingunicha uzluksiz davom etaveradi. Rektifikasiya suyuq hamda suyultirilgan gaz aralashmalarini ajratish uchun qo’llanadi. Rektifikasiya jarayonining temperatura oralig’i (diapazoni) nihoyatda keng: 1000° (toza Zn, Pb, Cd kabi metallarni ajratishda) va 0° (havo, vodorod izotoplari kabi gazlarni ajratishda). Rektifikasiya jarayonining ishchi bosimi o’nlab Atmosferadan (etanpropilen aralashmasi uchun), to bir necha mm simob ustuni (yuqori yog’kislotalari Rektifikasiyasi) atrofida bo’ladi. Davriy va uzluksiz Rektifikasiya mavjud. Davriy Rektifikasiyada barcha suyuqlik kolonna kubiga bir vaqtda solinadi. Rektifikasiya jarayonida distillat ajratib turilsa, suyuqlik tarkibida past temperaturada qaynaydigan komponent kamayib boradi. Uzluksiz Rektifikasiyada sistemaga doimiy tarzda haydaluvchi suyuqlik qo’shib boriladi. Rektifikasiya kolonnalarining samaraligi, ularning uzunligi, diametri, suyuqlik bilan bug’orasidagi kontakt vaqti bilan aniqlanadi.