Raul qonunlari
Raul qonunlari — eritma ustidagi erituvchining to’yingan bug’ bosimi bilan eritmaning tarkibi orasidagi bog’lanishni ifodalovchi qonunlar. Raul eritma bug’ bosimining sof erituvchi bug’bosimiga qaraganda past bo’lishidan foydalanib bir nechta muhim qonunlar kashf etdi. Eritma bug’ bosimining pasayishi sababli eritmaning muzlash temperaturasi sof erituvchining muzlash trasidan past bo’ladi, uning qaynash temperaturasi esa sof erituvchinikidan yuqori bo’ladi. Bu kattalik erituvchining tegishlicha krioskopik yoki ebulioskopik konstantasi deb ataladi. Raul qonunlariiga asoslanib erituvchida erigan moddalarning molekulyar modda aniqlanadi. Erituvchi muzlash trasining pasayishiga qarab molekulyar moddani aniqlash usuli — krioskopik usul, qaynash trasining ko’tarilishiga qarab aniqlash usuli esa ebulioskopik usul deb ataladi. Qonunlar 1882-88 yillarda F.M.Raul tomonidan kashf etilgan.