Rashidov Nosir
Rashidov Nosir (1936.13.1 — Jizzax tumani — 2002.12.4) — mashinasozlik sohasidagi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982). O’zbekiston qishloq xo’jaligi Fanlar Akademiyasi akademik (1991), texnika fanlari Doktori (1976), professor (1978), Toshkent politexnika institutini tugatgan (1958), Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavidida muhandis (1960 — 63), O’rta Osiyo qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutida aspirant, laboratoriya mudiri, bo’lim boshlig’i (1963-92), ayni paytda Toshkent avtomobil yo’llar institutida kafedra mudiri (1972-84), Jizzax politexnika instituti rektori (1992-2002). Ilmiy ishlari avtotransport poyezdlarning to’g’ri va egri chiziqli harakatlanishi, tormozlanishi hamda turg’unligi nazariyasiga, paxta xom ashyosini tashishni takomillashtirishning nazariy masalalariga doir. Rashidov ko’p zvenoli traktorpoezdlar ixtirochisi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). As: paxta xom ashyosini tashishni takomillashtirish, T., 1972; ko’p zvenoli traktorpoezdlarning tormozlanishi, T., 1978; ko’p zvenoli traktorpoezdlar, T., 1981.