Rangontog’

Rangontog’ — Tojikiston Respublikasining Janubiy g’arbidagi tog’ tizmasi. Qorategin va Oqtog’ tizmalari orasida joylashgan. Rasht (Qorategin) vodiysi va Yovon vohalarini bir-biridan ajratib turadi. Rangontog’ Janubi g’arbdan shimoli sharqqa 70 kilometr masofaga kamon shaklida cho’zilgan. Eng baland joyi 1895 metr (Xo’jazarang). Asosan, gil, qumtosh, ohaktoshlardan tarkib topgan. Rangontog’dan Yovonsuv, Tersoqarsuv, Qaramandisuv va Sho’rtansuv kabi sersuv soylar oqib tushadi. Tizmaning Sharqiy qismida zardoli dovoni (balandligi 1610 metr) joylashgan bo’lib, dovondan Dushanba — Yovon, Dushanba — Norak, Dushanba — Ko’lob magistral yo’llar o’tadi. Rangontog’ etaklarida asosan, o’zbek millatining Laqay elati vakillari istiqomat qiladi. 1920-31 yillarda, bolsheviklar bosqini davrida Rangontog’ tizmasi Ibrohimbek va uning qurolli guruhi uchun muhim strategik hudud hisoblangan.