Raman (Raman) Chandrasekxara Venkata
Raman (Raman) Chandrasekxara Venkata (1888.7.11, Tiruchchirappalli — 1970.21.11, Bengaluru) — hind fizigi. Hindiston Fanlar Akademiyasi a’zosi va uning prezidenti (1934 yildan). Madras universitetida ta’lim olgan (1903-07). Kalkutta universitetida ishlagan (1917-33). 1933 yildan Bengalurudagi fan instituti direktori, 1933 yildan o’sha yerdagi raman ilmiy tadqiqot instituti direktori. Ilmiy ishlari optika, akustika, molekulyar fizika va kristallar fizikasiga oid. Raman hind fizigi K.S. Krishnan (1898— 1961) bilan hamkorlikda (rus olimlari L.I.Mandelshtam, G.Slandsbergdan mustaqil tarzda) yorug’likning kombinatsion sochilishi hodisasini kashf etdi va nazariy jihatdan asosladi (1928). Raman yorug’lik difraktsiyasi, ultratovush to’lqinlar, kristallar fizikasi, atom yadrosi tuzilishi va boshqa sohalarda ham ilmiy ishlar qilgan. Nobel mukofoti laureati (1930).