Razzoqova Muyassar Qodirovna

Razzoqova Muyassar Qodirovna (1964.29.2, Nukus) — xonanda (lirik- koloraturali soprano), O’zbekiston (1998), Qoraqalpog’iston (1999) xalq artisti. Yoqimli, jilvador va kuchli ovoz sohibasi. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1988). Navoiy teatri yakkaxon xonandasi (1988 yildan). Teatr sahnasida Oyxon (“Maysaraning ishi”, S.Yudakov), Dilorom (“Dilorom”, M. Ashrafiy), Rozina (“Sevilya sartaroshi”, J.Rossini), Violetta, Jilda (“Traviata”, “Rigoletto”, J. Verdi), Lyuchiya (“Lyuchiya Di Lamermur”, G.Donisetti) kabi bosh partiyalarni ijro etgan. Kontsert repertuaridan o’zbek va chet el kompozitorlari asarlari o’rin olgan. Ijro uslubi virtuoz texnika, musiqali obrazlarning emosionalligi, samimiyligi va saxnaviy jozibadorligi, dramatikifodaviy vositalarning oddiyligi va aniq diktsiyasi bilan ajralib turadi. Germaniya, AQSh, Frantsiya, Turkiya, Rossiya, Misr kabi mamlakatlarda gastrolda bo’lgan. Xalqaro xonandalar tanlovi (Riga, 1989; Vengriya, 1990; Rim, 1997) va opera festivali (Turkiya, 2003)da qatnashib mukofotlarga sazovor bo’lgan. 2-chaqiriq O’zbekiston Oliy Majlisi deputati.