Qo’qongul, qashqargul, Astra
Qo’qongul, qashqargul, Astra — murakkabguldoshlar oilasiga mansub ikki turkum o’simliklarning umumiy nomi. 200 turi ma’lum. Shimol va Janubiy Amerikada, Afrika, Osiyo va Yevropada keng tarqalgan. Sashzlerizning yagona turi — Xitoy yoki bir yillik Qo’qongul (S. spshepz15) Xitoy va Yaponiyada yovvoyi holda o’sadi, gullari yirik, savatchaga yig’ilgan, rangi binafsha, qizil, oq, iyuldan to kuzgacha ochiladi. Bir yillik qatqat gulli va boshqa xillari manzarali Qo’qongulning urug’boshisi hisoblanadi. 4 mingga yaqin madaniy navi bor. Ular bir-biridan shakli, tusi, bo’yi va gullarining joyla-shishi bilan farq qiladi. Qo’qongulning ikkinchi Az1eg turkumi turlarining barglari oddiy, ketma-ket joylashgan ko’p yillik o’tlardan tashkil topgan. Gullari, savatcha, to’pgullarga yig’ilgan. Tundradan to o’rmon zonasigacha bo’lgan yamlovlar, dashtlar, tog’zonalarida o’sadi. Urug’idan ko’paytiriladi. Hovli, bog’larda, xiyobonlarda manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi.