Qo’qon-Jizzax avtomobil yo’li
Qo’qon-Jizzax avtomobil yo’li (A-376) — davlatlararo ahamiyatga ega bo’lgan magistral yo’l. Qo’qon shahridan boshlanib, Tojikiston Respublikasi hududida Konibodom shahri, Qayroqqum suv omborini yonlab Xo’jand shahri, so’ngra Toshkent viloyatining Bekobod tumani, Sirdaryo viloyatining Xovos, Jizzax viloyatining Zomin tumanidan o’tadi va Toshkent — Termiz (M-39) xalqaro avtomagistralini kesib o’tib Jizzax shahriga kiradi. Xalq hashari yo’li bilan 1938-40 yillarda qurilgan. Keyingi davrlarda bir necha marta rekonstruktsiya qilingan va kengaytirilgan. Umumiy uzunligi 300 kilometr. Yo’lning 164 kilometr qismi asfalt-beton, 136 kilometr qismi qora to’shamali. Yo’lning 53 kilometr — I darajali, 232 kilometr — II darajali, 15 kilometr — III darajali toifaga kiradi. Transport harakati jadalligi 1585-3566 avtomobil/kunni tashkil qiladi. Tohirjon Mirzayev.