Qo’shoyoqlar, qo’shoyoqsimonlar
Qo’shoyoqlar, qo’shoyoqsimonlar — kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. 14 urug’i, 30 turi ma’lum. Yevro-Osiyo, shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Tanasining uzunligi 5-26 santimetr; dumi tanasidan uzun, uchida bir tutam tuki bor. Orqa oyoqlari oldingisiga nisbatan 3-4 marta uzun, 1-va 5-barmoqlari qisqargan yoki butunlay yo’q. Keyingi 2 oyog’ida sakrab harakat qiladi. 3 metrgacha uzunlikka sakraydi. Iliq va issiq mintaqalardagi dasht, cho’l va chala cho’llarda, tog’lardagi ochiq landshaftlarda yashaydi. Yidda 2 martda 1-8 tadan bolalaydi. Hamma Qo’shoyoqlar qishki uyquga kiradi. Tunda yoki oqshomda faol. O’simlikning yer ostki qismi, urug’lari, ba’zan hasharot va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. O’rta Osiyoda mitti Qo’shoyoqlar, katta Qo’shoyoqlar, Seversov qo’shoyog’i, emuranchik qo’shoyoq, jun-oyoqli Qo’shoyoqlar, turkman qo’shoyog’i, taroq-barmoqli Qo’shoyoqlar va boshqalar tarqalgan.