Qo’chqor soyligi
Qo’chqor soyligi – ichki Tyan Shandagi tog’oralig’i soyligi (Qirg’iziston Respublikasi Norin viloyati). Qirg’iz tizmasi Sharqiy qismining Janubda, Issiqko’ldan g’arbda, o’rtacha 1600— 2000 metr balandlikda joylashgan. Chu daryosining yuqori oqimi va uning irmoqlari suvi bilan sug’oriladi. Uzunligi 50 kilometr, eni 15 kilometr. Qo’chqor soyligining markazi chala cho’l, chekkalari tog’dashtidan iborat. Chu va uning irmoqlari atroflari ekinzor. Dashtlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Sharqida O’rtato’qay suv ombori (Chu daryosida) qurilgan. Ko’mir koni bor.