Kaltakesakchalar

Kaltakesakchalar (Eremias) – kaltakesaklar urug’i. 45 turi bor. Afrika, Osiyo va Yevropada tarqalgan. O’zbekistonda 9 tacha turi uchraydi. Asosan, tangachalari va boshidagi qalqonlarining tuzilishi, son teshikchalari bo’lishi bilan boshqa kaltakesaklar urug’idan farklanadi. Kaltakesakchalar — kunduzgi hayvon. Cho’l, yarim cho’l va Toshloq yerlarda, Nikolskiy kaltakesakchasi tog’larning 1000-3000 metrgacha baland joylarida, ba’zi turlari etaklarida yashaydi. Kaltakesakchalar hasharot va mayda umurtqasizlarni qirib, foyda keltiradi. Tog’dagi sovuq sharoitda yashaydigan ko’zli kaltakesakchadan tashqari, barcha Kaltakesakchalar tuxum qo’yib ko’payadi. Ko’zli kaltakesakcha tuxumdan tirik tug’adi. O’zbekistonda ildam kaltakesakcha, rang-barang kaltakesakcha, to’garakbosh kaltakesakcha va hokazolar keng tarqalgan.