Kalorifer

Kalorifer (lotincha calor — issiqlik va fero — eltaman) — ventilyatsiya, havo bilan isitish tizimlari va quritgichlarda xavoni qizdirib beradigan asbob; tuzilishi rekuperativ havo qizdirgichga o’xshash. Bunda havo issiqlik eltgich bilan qizdiriladi. Issiqlik eltgich turiga ko’ra, Kalorifer suvli, bug’li (keng tarqalgani), gazli, o’t-havoli va elektr xillarga; tuzilishiga ko’ra, plastinkali, quvurli, spiral qovurg’ali, yaproqsimon va boshqa xillarga bo’linadi. Plastinkali Kalorifer (radiator) keng tarqalgan bo’lib, unda issiqlik eltgich (suv bug’i yoki qaynoq suv) sirti plastinkali quvurdan oqadi va plastinkalar orasidagi havoni isitadi.