Marna
Marna — Frantsiya shimolidagi daryo, Sena daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 525 kilometr, havzasining maydoni 12,7 ming km2. Langr platosidan boshlanib, Parij havzasi bo’ylab oqadi va Parij shahri yaqinida Sena daryosiga quyiladi. O’rtacha suv sarfi 100 m3/sek. Asosan, yomg’ir suvidan to’yinadi. Qishda to’lib oqadi (suv sathi 4-5 metrgacha ko’tariladi). Kema qatnaydi. Kanallar orqali Reyn va Sena daryolari havzasi bilan bog’langan.