Markovin Ivan Vasilevich

Markovin Ivan Vasilevich (1878,Tver gubernyasi — 1947, Toshkent) — sud tibbiyoti mutaxassisi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1941), professor (1928), tibbiyot fanlari Doktori (1936). Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1908). Varshava universitetida, 1918 yildan Rostov universitetining normal anatomiya kafedrasida ishlagan. Toshti sud tibbiyoti kafedrasi mudiri (1928-46). Ilmiy ishlari sud tibbiyoti ekspertizasining dolzarb masalalariga bag’ishlangan.